METOD HAQIDA
Maqola haqida umumiy ma'lumotlar
Tabiat va jamiyat hodisalarining, jarayonlarining mohiyatini bilish, ularning o’ziga xosliklarini, jihatlarini, belgi-xususiyatlarini aniqlash va ular haqida ob’yektiv ilmiy-falsafiy g’oyalar, umumlashmalar chiqarish faqat muayyan tadqiqot metodlarini qo’llash orqali amalga oshadi.
Metod umumiy-falsafiy ma’noda qo’llanishidan tashqari u tor (xususiy) ma’noda ham qo’llanadi. Falsafiy metod barcha fanlarga xos bo’lib, dialektik metod nomi bilan yuritiladi. Dialektik metod mavjud fanlar uchun metodologiya – metodologik asos vazifasini o’taydi.
Hozirda metodologiya fanlarda qo’llanadigan xilma-xil metodlar, tahlil usullari haqidagi ta’limot emas, balki tadqiqotchining tadqiq manbaini qanday tushunishini, unga qanday yondashishini, tadqiqotdan qanday maqsadni ko’zlashini anglatadi.
Har bir metod qanday metod – falsafiy yoki fanga oid bo’lishidan qat’iy nazar har birining ish olib borish metodikasi – tadqiq manbaini tekshirish usuli bo’ladi. Metodika tadqiqotchining amaliy ishlash sistemasi bo’lib, u faktlarni to’plash, o’rganish, umumlashtirish usullarini nazarda tutadi.
1. H.Ne’matov. Ilmiy tadqiqiot metodikasi, metodologiyasi va metodlari. – Buxoro, 2006, 119-bet.
2. S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik, Toshkent, 1972, 176-bet.
3. Qarang: H.Ne’matov. O’sha asar, 68-bet.
4. H.Ne’matov. O’sha asar, 68-69-bet.
5. S.Usmonov. O’sha asar, o’sha bet.
6. A.Shermatov., B.Choriyev. «Umumiy tilshunoslik» kursidan mustaqil ishlar. T., 1989, 70-bet.
7. H.Ne’matov. O’sha asar, 119-bet.
Rasulov, R. . (2022). METOD HAQIDA. Academic Research in Educational Sciences, 3(2), 447–451. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-2-447-451
Rasulov, Ravshanxo‘ja. “METOD HAQIDA.” Academic Research in Educational Sciences, vol. 2, no. 3, 2022, pp. 447–451, https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-2-447-451.
Rasulov, . 2022. METOD HAQIDA. Academic Research in Educational Sciences. 2(3), pp.447–451.