TRITIKALE VA QURG’OQCHILIK
Maqola haqida umumiy ma'lumotlar
Havoning isib ketishi va uning natijasida qurg’oqchilikning paydo bo’lishi global muammodir. Yurtimizga ham bu iqlim o’zgarishi o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmayapti. Hozirgi kunda shu qurg’oqchilikka chidamli navlarni saralash va ulardan yuqori hosil olish daolzarb masaladir.O’simliklarning o’sib rivojlanishiga suvning yetishmasligi ulardagi moddalar almashinuviga, fotosintezning pasayishiga, suv bug’lanishining oshib ketishiga (transpiratsiya) olib keladi.
Inson omili natijasida yaratilgan trtikale o’simligining qurg’oqchilikka chidamliligini o’rganish, yurtimizning janubiy hududlari uchun ancha qulaylik tug’dirib, ularda yetishtirilayotgan qoramollar uchun yem-xashak tanqisligini oldini olingan bo’lardi. Tritikale ekini bug’doy va javdar duragayi bo’lgani uchun bu o’simlik bug’doy va javdarga nisbatan ancha moslashuvchan ekin turi bo’lib, donining tarkibida oqsil miqdori 11-12% , pichaning tarkibida 10-11% bo’ladi. Somoni hayvonlar uchun ozuqa, doni non, yem tayyorlashda foydalaniladi. Non mahsuloti tayyorlashda sifati bug’doy mahsulotidan pastdir. Sharoitga qarab 5-8 t/ga, ko’kati 40-55 t/ga ni tashkil etadi. Lekin bunday yuqori hosil olish uchun albatta dala maydoni begona o’tlardan tozalangan, turli kasalliklarga qarshi fungisidlar sepilishi va mineral moddalar (o’g’itlar) o’z vaqtida solinishi zarur.
- I.V.Massino va boshqalar. “Semmenovodstva kormovix kultur”.Toshkent-1989.
- J.X.Xo’jayev “O’simliklar fiziologiyasi” Toshkent-2004.b.200-202.
- L.A.Slasheva Otsenka obrazsov triticale va Astraxanskoy oblasti //Kormopro-izvodstvo-2011-№7С.22.
- M.Mergoum. Helena Gymez-Macpherson Triticale improvement and production // Food Agriculture Organization of the United Nations(FAO) Plant production and protection paper Rome, 2004 Pp 3-4.
- X.N.Atabayeva, J.B.Xudayqulov “O’simlikshunoslik” Toshkent-2018.b.117-119.
- www.gulobod.uz
- o’z.sputniknews.uz
Norboyeva, D. S. (2023). TRITIKALE VA QURG’OQCHILIK. Academic Research in Educational Sciences, 4(6), 110–115. https://doi.org/
Norboyeva, Dilnoza. “TRITIKALE VA QURG’OQCHILIK.” Academic Research in Educational Sciences, vol. 6, no. 4, 2023, pp. 110–115, https://doi.org/.
Norboyeva, S. 2023. TRITIKALE VA QURG’OQCHILIK. Academic Research in Educational Sciences. 6(4), pp.110–115.