STEVIA REBAUDIANA: DUNYODAGI AHAMIYATI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI VA O‘ZBEKISTONDA YETISHTIRISH IMKONIYATLARI
Stevia rebaudiana Bertoni tabiiy, past kaloriyali shirinlashtiruvchi manbai sifatida oziq-ovqat, farmatsevtika va nutrasevtika sanoatida tobora muhim o‘rin egallamoqda. Ushbu sharh maqolaning maqsadi steviyaning biokimyoviy va farmakologik xususiyatlari, jahon bozoridagi o‘rni, seleksiya va biotexnologik rivojlanish yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston sharoitida yetishtirish istiqbollarini kompleks tahlil qilishdan iborat. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, steviya barglarida to‘planuvchi steviosid va rebaudiosidlar yuqori shirinlik xususiyati bilan birga gipoglikemik, antigipertenziv, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi ta’sirlarga ega. Global miqyosda steviya bozorining o‘sishi sog‘lom ovqatlanish trendi, shakar iste’molini qisqartirish siyosatlari va xalqaro regulyator tasdiqlar bilan bog‘liq. Seleksiya va biotexnologik yondashuvlar yuqori biomassa va optimallashgan glikozid profiliga ega genotiplarni yaratish imkonini kengaytirmoqda. Agrotexnologik omillar — sug‘orish rejimi, ekish zichligi, o‘rim vaqti va oziqlanish — hosil hamda sifat ko‘rsatkichlarini belgilaydi. O‘zbekiston sharoitida qulay agroiqlim resurslari, davlat qo‘llab-quvvatlashi va klaster asosida qayta ishlash imkoniyatlari steviyachilikni istiqbolli yo‘nalishga aylantiradi. Shu bilan birga, sho‘rlanish va hududiy agrotexnologiyalarni moslashtirish masalalari qo‘shimcha tadqiqotlarni talab etadi.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola