O‘ZBEK VA INGLIZ MADANIYATI DOIRASIDA OLAM MILLIY MANZARASINI AKS ETTIRUVCHI BIRLIKLARNING UMUMIY TAVSIFI
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida olam milliy manzarasini tashkil etuvchi til birliklari, jumladan, iboralar, maqollar, matallar, evfemizmlar, perifrazalar va arxetiplar lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘zbek va ingliz madaniyati vakillarining dunyoqarashi va qadriyatlari ushbu til birliklari orqali qanday aks etishi o‘rganilgan. Ushbu tahlil taqqoslash, lingvokulturologik tahlil va kontent tahlili usullari asosida olib borilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbekcha til birliklari ko‘proq jamoaviy qadriyatlar, hamjihatlik va qarindoshlikni ifodalasa, inglizcha til birliklari mustaqillik, shaxsiy erkinlik va chegaralarni hurmat qilishga ko‘proq e’tibor qaratadi. Ushbu maqola madaniyatlararo tadqiqotlar uchun asos bo‘lib, milliy o‘ziga xoslikni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola