XRISTIAN DINIY AMALIYOTLARINING ONLAYN MAKONGA TRANSFORMATSIYASI
Asrlar osha rioya etib kelinayotgan, ma‘lum tartib va qoidalar asosida bajariluvchi diniy amaliyotlarning onlayn makonga, ya‘ni kibermakonga koʻchishi, bir qarashda tasavvur qilib boʻlmaydigan holat. Ammo XX asrning oxiridan boshlab Internetning jadal rivojlanishi va butun dunyo boʻylab tarqalishi qariyb barcha jabhalar singari diniy qarashlarni ham oʻzgartirib yubordi. E‘tiqod qiluvchilar soniga koʻra dunyoda birinchilikni egallab turgan nasroniylar (2015-yil holatiga koʻra: 2,4 mlrd.) oʻz ibodatlarini Internet orqali, onlayn makonda amalga oshirish borasida oʻz tajribasiga ega. Ushbu maqolada bu jarayonlarning tarixi, olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot xulosalari, shu bilan birga muallifning ilmiy xulosalari keltirilgan.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola