XORIJIY TILLARINI O'QITISHDA SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM ASOSIDAGI TURLI NAZARIY MODELLAR
Ushbu maqolada chet tillarini o'qitishda shaxsga yo'naltirilgan ta'limni qo'llab-quvvatlovchi turli nazariy modellar, jumladan, kognitiv, konstruktivistik va ijtimoiy-madaniy nuqtai nazarlar haqida umumiy ma'lumot berilgan. Adabiyotlarni ko'rib chiqish o'quvchilarning faolligini, motivatsiyasini va til o'rganishdagi yutuqlarini rag'batlantirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'limning muhimligini e’tirof etadi. Natijalar bo‘limida esa har bir nazariy modelning asosiy tushunchalari va tamoyillari va ularni chet tilini o‘qitishda qo‘llash misollari haqida tushuncha va ta’riflar keltirilgan. Muhokama bo'limida har bir modelning kuchli tomonlari va to'siqlari taqqoslanadi hamda chet tilini o'qitishdagi ta'siri izohlangan. Mazkur izlanishning xulosa qismida xorijiy tillarni o‘qitishda nazariy modellarni amaliy qo‘llash bo‘yicha takliflar berilgan. Tadqiqot samarali ta'lim muhitini yaratishda individual o'quvchining ehtiyojlari, imtiyozlari va qobiliyatlarini hisobga olish muhimligini ta'kidlaydi. Maqolada sanab o'tilgfan turli nazariy modellarning tahlillariga tayanib, chet tili o‘qituvchilari o‘quvchilarning til o‘rganish natijalarini yaxshilaydigan turli va qiziqarli o‘rganish tajribalarini taqdim etishlari mumkin.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola