MAHALLIY SOYA NAVLARINING MORFOLOGIK BELGILARIGA FITOPATOGEN MIKROMITSETLAR TASIRI
Morfobiologik belgilar soya ekini uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi bois, tadqiqotlarimizda turli fitopatogen mikromitsetlar ta’sirida soyaning mahalliy navlarining g’unchalash davrida o‘simlik bosh poyasining balandligi, bitta o‘simlikdagi barglar soni va bosh poyadagi bo‘g‘inlar soni belgilari o‘rganildi F.solani fitopatogen zamburug‘i tasirida bosh poya balandligining mahalliy navlarda nazoratga nisbatan sezilarli darajada kamayishi Nafis va Sochilmas navlarida (mos ravishda 35,95% va 36,36 %), kam darajada pasayishi esa Baraka, Genetik-1 va To‘maris navlarida (mos ravishda 11,97%, 19,95% va 26,73 %) qayd etildi. Olgan natijalarimizning tahliliga ko‘ra, mahalliy soya navlarida bosh poya balandligi nazorat variantiga nisbatan A.alternata tasiri sharoitida 13,25 % dan to 44,92 % gacha kamaygan.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola