АZOTFIKSATSIYALOVCHI BAKTERIYALAR SHTAMMLARINING BUG‘DOY O‘SIMLIGI (QAYROQTOSH NOVI) BILAN ASSOTSIATIV SIMBIOZ JARAYONI SAMARADORLIGI
Ushbu ilmiy tadqiqot ishida Tuproqdagi N2 ni biriktiruvchi mikroorganizmlarning (jumladan, Azotobacter kabi simbiotik bo'lmagan bakteriyalar) o'simliklarning o'sishini rag'batlantirish qobiliyatini o'rganildi. Olingan natijalarga ko‘ra, bakterial shtammlar bilan ishlov berilgan bug‘doy o‘simligining rivojlanishi nazorat bilan solishtirganda poyaning uzunligini 1,4-1,5 barobarga, ildiz uzunligini esa 1,6-1,8 barobarga oshganligi aniqlandi. Urug'larni assotsiatsiya bilan ishlov berilib ekilganda nazoratga nisbatan poya uzunligini 2,0 barobarga, ildiz uzunligini - 2,5 barobarga oshganligi aniqlandi.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola