KIMYO LABORATORIYA MASHG`ULOTLARIDA KLASTER USULINI QO`LLAB O`QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida kimyo fanidan laboratoriya ishlarini tashkil etishning klaster usuli orqali biz laboratoriya ishlarining asosiy mohiyatini keltirilgan mavzularning bir-biriga bog`lash metodi orqali tushuntirish, o`quvchilar ongida keyingi mavzularni tushunishlari uchun ham zamin yaratadi. Shu bilan birga, xom-ashyo bazasi (reaktivlar) yetarlicha mavjud bo`lmagan maktablarda ham kundalik turmush tarzimizda mavjud bo`lgan kimyoviy moddalar orqali bir nechta mavzularni bir-biriga bog`lab tushuntirish imkoniyatiga ham ega bo`lamiz. Misol uchun, uglerod mavzusi orqali tanish bo`lgan kristall soda hamda azot va fosfor mavzularida o`rganilgan mineral o`g`itlar, biz uchun xalq xo`jaligida topilishi oson va reaksiya jarayonida qo`shimcha jihoz talab etmaydigan, hamda o`quvchilar ongida bu jarayonni virtual laboratoriya ko`rinishida ko`rishdan ko`ra demonstratsion ko`rish imkoniyatini ta`minlaydi. Buning natijasida esa, amaliyot orqali o`quvchilar bir emas bir nechta mavzularni o`zlashtirishi, tahlil qila olishi va kundalik hayot tarzi davomida duch kelgan vaqtlarida, kimyoviy reaktivlarni sezgi retseptorlari orqali analiz qila olish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Shu o`rinda, laboratoriya mashg`ulotlarini klasterlash usuli orqali esa, “reaktiv taqchiligi yoki asbob-uskunalar yetishmovchiligi” degan jumlalarga ehtiyoj sezilmaydi, hamda bir necha mavzular bir-birga bog`lagan holda, integratsiyalab oson o`zlashtirilishiga erishiladi
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola