“OYBEGIM MENING” ASARIDA BOLALIK TASVIRLARI
Bu asar muallifi Zarifa Saidnosirova "Oybegim mening" nomli kitobi nafaqat biografik asar, balki tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘lgan, jonli va yorqin tasvirlarga ega chiroyli muhabbat qissasidir.
Kitobni o‘qigan har bir o‘quvchi qalbida Oybekdek ulug‘ adib va ulug‘ insonga nisbatan hurmat va muhabbat tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Kitobda, Oybekdan tashqari, yana bir asosiy qahramon bor. Bu, butun hayotini Oybekka bag‘ishlagan, uning mashaqqatli qismatini yengillashtirishga intilgan, unga munosib yor bo‘lgan Zarifa opaning o‘zidir.
Oybekning shaxsiy hayotinigina emas, balki bir-biriga munosib ikki ulug‘ siymoning sevgi va vafo dostoni - "Oybegim mening" asarini o‘qir ekansiz, ular boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar, ularga qilingan tusxmatlardan lol qolasiz kitob sizni shunchalik qiziqtirob qo‘yadiki, go‘yo bu voqealar o‘zingiz bilan yuz berayotganday tuyiladi.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola