SITRATSINTAZA VA UNI KASALLIKLARDA OʻZGARISHI
Ushbu maqolada Krebs siklinida muhim oʻrin egallagan sitratsintaza fermentining ahamiyati va uni baʼzi kasalliklarda oʻzgarishlari adabiyotlar tahlil asosida oʻrganilgan va tahlil qilingan. Tadqiqotni olib borish uchun “sitransintaza”, “limon kislota sikli”, “uchkarbon kislota sikli”, “Krebs sikli” kabi kalit soʻzlarning oʻzbek, rus va ingliz tilidagi tarjimasi asosida axborot bazalarida qidiruv amalga oshirildi va topilgan 85 dan ortiq maqolalarning mazmuni bilan tanishilda va bevosita mavzuga taaluqli boʻlganlari oʻrganildi va tahlil qilindi. Olingan natijalar aynan sitratsintaza fermentini chuqur oʻrganishga qaratilgan ishlar koʻp emasligini, ushbu ferment hujayrada muhim vazifalarishini bajarishini hamda turli patologik holatlarda uning oʻzgarishini koʻrsatadi. Oʻrganilgan adabiyotlar asosida xulosa qilib aytish mumkinki sitratsintaza fermenti patologik holatlarda oʻzgarib turadi va bundan kasalliklarni erta tashxislashda marker sifatida hamda davolashni patogenetik mexanizmini tushunish uchun foydalanish mumkin.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola