BO‘LAJAK GEOGRAFIYA FANI O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Maqola bo‘lajak geografiya fani o'qituvchilarining pedagogik innovatsion faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari haqida mufassal ma’lumot beradi. Unda zamonaviy ta’lim paradigmalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va didaktik vositalar orqali o‘qitishning samarali mexanizmlari, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida sifatni yaxshilash yo‘llari muhokama qilingan. Ta’limda innovatsiya va novatsiyaning ahamiyati, ularning farqlari va ta'lim tizimiga ta’siri tahlil qilingan. Pedagogik faoliyatda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash orqali ta'lim sifatini oshirish va ta’lim oluvchilarni zamonaviy jamiyat talablariga javob beradigan mutaxassislar sifatida tayyorlash zaruratini ta’kidlangan.
Maqolada, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida pedagogik innovatsiyalarni joriy etishning turli yondashuvlarini, jumladan gnostik-dinamik, individual, ko‘p subyektli (dialogik), insonparvarlik va individual-ijodiy yondoshuvlarni tahliga tortilib, pedagoglar tomonidan yangi pedagogik texnologiyalarni qabul qilish hamda qo‘llash imkoniyatlari, shu jumladan ta’limning innovatsion metodlari, texnologiyalarining dars jarayonlariga integratsiyasi ham muhokama qilingan.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola