FARG‘ONA VODIYSI TANGACHAQANOTLI HASHAROTLAR (LEPIDOPTERA) FAUNASINING AGROEKOTIZIMLARDA TAQSIMLANISH XUSUSIYATLARI
Farg‘ona vodiysi agroekotizimlarida tangachaqanotli hasharotlar (Lepidoptera) turkumining 26 oilasiga mansub 119 avlodini 161 tur va 1 kenja turi uchraydi. Mazkur hasharotlar mintaqaning asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari ro‘yxatiga kiritilgan 61 tur madaniy o‘simliklari bilan biotsenotik aloqaga ega. Tangachaqanotli hasharotlarning tur soni va ulushi mevali bog‘larda eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, sabzovot, ozuqa, g‘alla, texnik, dukkakli, moyli va poliz ekinlari agrotsenozlari ketma-ketligida pasayib boradi. Alohida olingan agrotsenozlar miqyosida tangachaqanotlilarning tur soni olma, makkajo‘hori, nok, g‘o‘za hamda beda agrotsenozlarida nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha sitrus hamda subtropik mevali bog‘lar eng quyi pog‘onani egallaydi
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola