GOLUBIKA (VACCINIUM ULIGINOSUM L.) KO‘CHATINI YETISHTIRISHNING SAMARALI USULLARI
Maqolada golubika ko‘chatini yetishtirishning samarali usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Golubika ko‘chatlari vegetativ usulda qalamcha, parxish va ona ildizdan ajratib olish usullarida ko‘paytiriladi. Golubika ko‘chatini yetishtirishning ushbu usullari bilan o‘simlikning ildiz va ildizpoyali novdalari, hamda bir yoshli yangi novdalaridan foydalaniladi. Golubika ko‘chatlariga qalamcha tayyorlash uchun novdalar dekabr’ va mart oylarida kesib olinadi. Buning uchun bir yillik, yaxshi pishgan novdalarni kesib olish kerak bo‘ladi. Dekabr’ oyida kesilganda novdalarning qotgan qismini kesib olib tabiiy mato bilan o‘rash va muzlatgichda +3 +5 °C haroratda yoki qorda saqlash kerak. Fevral’ oyi oxiri–mart oyining boshlarida ham bir yillik, yaxshi pishgan novdalarini kesib, qalamcha tayyorlasa bo‘ladi. Golubika ko‘chatini yashil qalamchalari orqali yetishtirishda novdalarning uzunligi 10 sm uzunlikda kesib olinishi kerak. Golubikaning qalamchalarini issiqxonada maxsus tayyorlangan joyga 5×5, 5×7, 10×5 yoki 10×10 sm sxemada ekiladi.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola