AZOT, FOSFOR, KISLOROD VA OLTINGUGURT TUTGAN YANGI FKG2K-1 VA FKG2K-4 MARKALI TIPDAGI KARROZIYA INGIBITORLARINING SINTEZI
Ushbu maqolada guanidin nitrat asosida sintezlangan yangi FKG2K-1 va FKG2K-4 kompozit ingibitorlarini 1 M HCl kislota eritmasida uglerodli po‘lat konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish tadqiqoti olib borilgan. Bunda, tadqiqot ishida FKG2K-1 va FKG2K-4 kompozit ingibitorlarini turli xil konsentratsiya (250 mg/l, 500 mg/l, 750 mg/l va 1000 mg/l) va haroratlar (298 K va 323 K) da amaliy tajribalar o‘tkazildi. Kompozit ingibitorlarni po‘lat yuzasidagi SEM analiz natijalari tahlil qilindi. FKG2K-1 va va FKG2K-4 kompozit ingibitorlarining samaradorligi 72.65% dan 94.68% ekanligi gravimetrik metodga asoslanib aniqlandi
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola