PEDAGOGIK VOSITALAR YORDAMIDA OLIY TA’LIMNING TEXNIKA YOʻNALISHI TALABALARIGA KOMIL INSON GʻOYASINI TUSHUNTIRISH
Mazkur maqolada ma`naviy qadriyatlarimizda, diniy asarlarda komil insonga munosabat, komil insonning oʻziga xos jihatlari, insoniylik tuygʻusi toʻgʻrisida mulohaza yuritilgan. Komil inson tushunchasini texnika yoʻnalishidagi talabalarga tushuntirishning usul va vositalari bayon etilgan. Yoshlarni barkamolik ruhida tarbiyalashda ta`limning oʻrniga e`tibor qaratilgan. Maqolada darsning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan meros hamda ularda “komil inson” gʻoyasiga nisbatan bildirilgan munosabatlar keltirib, tahlil ostiga olindi. Muhokama jarayonida diniy, dunyoviy, tasavvufiy adabiyotlarda komil inson toʻgʻrisidagi ma`lumotlarga murojaat etildi. “Komil inson” tushunchasini talabalarga tushuntirishda oliy ta`lim muassasining imkoniyatidan kelib chiqqan holda elektron taqdimotlar, kompyuter, proyektordan foydalanish, tezkor savoljavoblar oʻtkazish mumkinligi ta`kidlandi. Shuningdek, bugungi kunda butun insoniyatga xavf solayotgan ekstremistik va terroristik gʻoyalarga qarshi kurashning asosiy omillaridan biri har bir shaxsning ma`naviy yetuk inson boʻlishiga bogʻliq ekanligiga e`tibor qaratildi. Maqoladagi ma`lumotlardan texnika yoʻnalishidagi oliy ta`lim muassasalarida oʻqitiladigan “Ta`lim nazariyasi”, “Pedagogika. Psixologiya”, “Ta`lim psixologiyasi”, “Dinshunoslik” kabi bir qator fanlar tarkibida oʻqitiladigan mavzulardan foydalanish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola