ASPARAGUS OFFICINALIS L. O‘SIMLIGINI URUG‘LARIDAN KO‘PAYTIRISH VA KO‘CHATLARINI YETISHTIRISH
Maqolada Asparagus officinalis L. o‘simligining urug‘laridan ko‘paytirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqotlarimizda sarsabilni xorijdan keltirilgan 16 ta nav va duragaylari olinib, ularni urug‘laridan ko‘paytirish, ko‘chatlar tayyorlash, ularni ochiq maydonga ekish va parvarish bo‘yicha izlanishlar olib borildi.
Sarsabil nafaqat inson iste’moli, balki shifobaxsh xususiyatlari uchun ham madaniylashtirilgan beri qimmatli sabzavot bo‘lib kelmoqda. Hozirgi vaqtda yangi (barra), konservalangan va muzlatilgan sarsabil mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortishi tufayli barcha qit’alarda uni yetishtirish hamda ekilgan maydonning barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Sarsabil yuqori parhez qiymati va yilning birinchi yarmida bozorda yangi sabzavotlar tanqisligida mavjudligi tufayli yuqori ozuqaviy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan sabzavot hisoblanadi.
Sarsabil ko‘chatlarini tayyorlashda urug‘larini xona sharoitida undirib, himoyalangan maydonlarda maxsus idishlarda ekib o‘stirish maqbul usul hisoblanadi. Ochiq maydonga ekilgan nihollarni yaxshi o’sib rivojlanishi uchun o‘suv davrida mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishi, qatororalarini chopish va begona o‘tlardan tozalash lozim. Parvarishlanayotgan ko‘chatlarda poyalarni to‘g‘ri shakllantirish kelgusi yilda ildizpoyalardan yangi (barra) novdalar ko‘proq unib chiqishi imkonini beradi.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola