ILMIY TADQIQOTLARDA KOGNITIV TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY METODLARINI TATBIQ ETISH
Ilm o’rganishning tahliliy uslubi borasida so’z yuritilganida, aksariyat talabalar juda ko’p o’quv kurslariga ham, individual ta’lim olish uchun turli o’qituvchilarga ham yillar davomida qatnaydilar, biroq agar ulardan o’sha vaqtdagi o’qigan bilimlaridan birortasini so’rasangiz, ular sizga o’sha vaqtda ta’lim olgan xotiradagi zaxiradan, deyarli, hech narsani chiqarib bera olmaydilar. Bu holat o’quvchilarning, qariyb, 95% da xuddi shunday natijani keltirib chiqaradi. Ta’kidlash joizki, insonning aqli, zehni, ongi, tafakkuri, mulohaza va tahlil qilish qobiliyati doirasi chegaralanmagan. Shunday ekan, inson bir ma’lumotni o’ziga qabul qilganida, uni fikrlash doirasida tahlil qilgach, qayta ishlab, keyin ommaga bildiradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, inson miyyasining ishlash tezligi avtomatik ravishda har milsoniyalar ichida ma’lumotni markaziy asab sistemasiga yetkazib bera oladi. Shunday ekan, inson miyyasida cheki yo’q sir-sinoatli qobiliyatlar tizimi yashiringan; bu sirlardan unumli foydalana olish uchun inson har sutkada me’yoriy ravishda 24 soat vaqt hisobi mavjud bo’lsa, algoritm miqdori bo’yicha eng kamida 2 soat-u 23 daqiqa, ya’ni 1440daqiqa/10.03=143.5692921236…, ilmiy kitob mutolaa qilishi talab etiladi yoki undan-da ko’proq.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola