MILLIY G‘OYA FANINI INTERFAOL USULLAR ASOSIDA O‘QITISH DAVR TALABI
Mamlakatimizda yangi demokratlashgan va modernizatsiyalashgan jamiyatni qurish uchun yuksak aql-zakovatga ega bo„lgan, ruhan tetik va sog„lom, erkin va mustaqil fikrlaydigan, ayni paytda ijtimoiy mas‟uliyatni chuqur his etadigan, barkamol avlod va komil insonni tarbiyalash g„oyatda muhim. Zero, kadrlar masalasi milliy kamolotimizning bosh strategik asoslari, mustaqil davlatimizning XXI asr boshlaridagi rivojining ustuvor yo„nalishlaridan biriga aylandi. Ta‟lim muassasalarida milliy g„oyani interfaol metodlar asosida yoshlarning dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga sadoqat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy g„ururni shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, hozirgi zamondagi keskin intellektual – ma‟naviy raqobatga javob bera oladigan, mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo„lgan yuksak malakali mutaxassislar etib tarbiyalash, ta‟lim tizimini demokratik va insonparvarlik yo„nalishlarda qayta qurish orqali ta‟lim mazmunini sifat jihatdan yangi bosqichga ko„tarish davr talabidir.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola